1

O`zbekiston ko`magida Turkistonda masjid barpo etilishi boshlandi

Jamiyat 13.12.2019, 22:13
O`zbekiston ko`magida Turkistonda masjid barpo etilishi boshlandi

Turkiston shahrida yaqin kunlarda yana bir diqqatga sazovor bo`lgan, eski shahar qismining bezagi bo`lishi kutilayotgan bino qad rostlashi aytilmoqda.  

Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Asqar Maminning Turkiston viloyatiga amalga oshirgan tashrifi doirasida viloyat rahbari Umirzoq Shukeev hamda O`zbekiston Respublikasi vakillari ishtirokida yangi masjidning qurilish ishlarini boshlashga bag`ishlangan binoning ramziy birinchi g`ishtini qo`yish marosimi tashkil etildi.

zakon.kz portalining ma`lum qilishicha, ushbu loyiha Qozog`iston Respublikasining mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan. Qurilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilayotgani ta`kidlangan.

Masjid fundamentini quyishda maxsus texnologiya joriy qilingan. 5 ming kishilik masjidning tashqi va ichki bezak ishlari sharqona uslubda bo`lishi, masjidning umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrga teng bo`lishi aytilgan.

Ushbu ezgu loyiha ikki og`a-ini mamlakat – Qozog`iston va O`zbekiston hamkorligida amalga oshirilmoqda. Bu joy musulmonlar uchun qulay maskanlardan biriga aylanishiga ishonamiz deyiladi xabarda.

Majmua hududida ibodat uchun masjid, anjumanlar saroyi, 400 o`rinli madrasa, kutubxona va oshxona quriladi. Qurilish ishlari 2020 yilda yakunlanishi qayd etilgan, deb yozadi O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1