1

“Qamchiq” dovonida Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar “bartaraf etildi”

Jamiyat 13.12.2019, 22:20
“Qamchiq” dovonida Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar “bartaraf etildi”

2019 yilning 10-11 dekabr kunlari “Qamchiq” dovonida “Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda Toshkent va Namangan viloyatlari FVDTga kiruvchi xizmatlar hamda boshqaruv organlarining kuch va vositalarining harakati” mavzusida qo`mondonlik-shtab o`quv mashqi o`tkazildi

Unda Namangan va Toshkent viloyatlari Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat quyi tizimi (FVDqT)ga kiruvchi kuch va vositalari jalb etildi.

O`quv mashqi FVDTga kiruvchi boshqaruv organli va kuchlarini “Favqulodda vaziyatlar” rejimiga o`tkazish hamda avariya-qutqaruv ishlarini olib borishni o`z ichiga olgan bir necha bosqichlarda o`tkazildi.

Shuningdek, o`quv mashqi doirasida bir qator o`quv nuqtalarida maxsus-taktik mashqlari o`tkazildi. Ularda qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish, vayronalar ostidan va yo`l transport hodisasiga uchragan avtomobillardan jabrlanganlarni qutqarish,  birinchi tibbiy yordam ko`rsatish, aholini xavfsiz hududlarga evakuasiya qilish tadbirlari amalda sinab ko`rildi. Shuningdek, “Angren-Pop” yo`lnalishida harakatlanuvchi temir yo`lda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha amaliy mashq ham tashkil etildi.

Umuman olganda dovonda, ayniqsa, qishki mavsumda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalari ko`rib chiqildi.

Bunda asosan, dovon bo`ylab tashkil etilgan nazorat-kuzatuv postlarining hamkorlikdagi harakatlariga alohida e`tibor qaratildi. Jumladan, biriktirilgan hududlarda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining xavfsizligiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan kutilmagan vaziyatlarni tezkor bartaraf etish, haraktlanish xavfsizligini ta`minlash, bu borada qo`shni postlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish, ma`lumot almashinuvini ta`minlash va boshqaruv shtabiga o`z vaqtida vaziyat to`g`risida axborot berib borish ishlari bajarildi.

Bu kabi tezkor tadbirlarni bajarishda eng zamonaviy avariya-qutqaruv maxsus texnikalar, asbob-anjomlardan keng foydalanildi va o`tkazilgan o`quv mashqlariga malakali qutqaruvchilar jalb etildi.

Ikki kun davomida o`tkazilgan qo`mondonlik-shtab o`quv mashqining yakuniy muhokamasi idoralararo tezkor shtab binosida bo`lib o`tdi. Unda kuzatuvchi va ekspertlar fikrlari tinglanib tegishli xulosalar chiqarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1