1

O`zbekistonda 300 ga yaqin buyrak transplantasiyasi operasiyalari o`tkazildi

Jamiyat 13.12.2019, 22:27
O`zbekistonda 300 ga yaqin buyrak transplantasiyasi operasiyalari o`tkazildi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Sog`liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokida «Kasalliklarni tashxislash va davolashda zamonaviy hamda innovasion usullarni qo`llash» mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Tadbirda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimini takomillashtirish, profilaktika va kasalliklarni barvaqt aniqlash choralarini kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi.

Xususan, qo`shimcha cakkizta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (onkologiya va radiologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya, allergologiya, nevrologiya va insult, nefrologiya va buyrak transplantasiyasi, narkologiya, bolalar xirurgiyasi kabi yo`nalishlarda) tashkil qilinib, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlar soni 18 taga etkazilgani ta`kidlandi.

Mutaxassislar respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 3,2 mln AQSh dollari, respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 2 mln evro, respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga esa 2,8 mln evroga teng bo`lgan yuqori texnologik asbob-uskunalar etkazilib ishga tushirilganini qayd etdi.

Ma`lum qilinishicha, ixtisoslashtirilgan markazlarning filiallari tashkil etilshi natijasida viloyatlarda 2019 yil 11 oyi davomida 2 400 dan ortiq jarrohlik operasiyalari amalga oshirilgan, uning qariyb 1 500 (55,5 foizi) tasi yuqori texnologik jarrohlik operasiyalarini tashkil etadi. Natijada 2019 yilda 1400 ga yaqin bemorga yashash joyining o`zida tibbiy yordam ko`rsatilib, ularning respublika markaziga kelishiga hojat qolmagan.

«Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliyt tibbiyot markazida 230 dan ortiq buyrak, 6 ta jigar, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazida 68 ta buyrak transplantasiyasi operasiyalari o`tkazilgani tufayli 300 nafardan ortiq fuqaroning yuqori texnologik operasiyalar uchun chet davlatlarga chiqishining oldi olindi», — dedi vazirlik matbuot kotibi Furqat Sanaev.

Tadbirda joriy yilning o`tgan davrida hududlarga qariyb 600 nafar xorijlik mutaxassis taklif qilingani, telemedisina orqali 1000 ta onlayn konsultasiya o`tkazilgani e`tirof etildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1