1

IIV ikki nafar o`smirni beayov kaltaklagan mushtumzo`rlarni qidirmoqda

Jamiyat 13.12.2019, 22:36
IIV ikki nafar o`smirni beayov kaltaklagan mushtumzo`rlarni qidirmoqda

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar o`smirlarni uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, ularning tanalarining turli joylariga qo`l bilan urib oyoqlari bilan tepayotgani tasvirlangan videolar keng tarqalmoqda.

O`rganishlar natijasiga ko`ra bugungi kunga qadar Ichki ishlar organlari Navbatchilik qismlariga videoda tasvirlangan holatlar yuzasidan xech kim murojaat qilmaganligi ma`lum bo`ldi.

Aybdor shaxslarga nisbatan chora ko`rish va qonuniylikni ta`minlash maqsadida, Sizdan videoda tasvirlangan holat yuzasidan asosli ma`lumotga ega bo`lsangiz, telegram orqali @muloqot_maydoni manzili yoki 71 231 34 28 raqami orqali habardor qilishingizni so`raymiz.

Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi, deyiladi IIV Axborot xizmati xabarida.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1