1

Ikki nafar o`smirni beayov kaltaklagan mushtumzo`r topildi

Jamiyat 14.12.2019, 08:02
Ikki nafar o`smirni beayov kaltaklagan mushtumzo`r topildi

Xabaringiz bor, IIVning ijtimoiy tarmoqlardagi saxifalari orqali “MUShTUMZO`RLAR QIDIRILMOQDA” nomi bilan so`rovnoma joylangan edi.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida "mushtumzo`rlar"ning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Videoda tasvirlangan holatlar 2018 yil mart oyining boshlarida Toshkent viloyati Angren shahri Ohangaron ko`chasi, 2/5 daha qarshisida joylashgan 72-sonli avtokorxonaning orqa tomonida bo`lib o`tganligi, unda 2001 yilda tug`ilgan S.P. uch nafar tengdoshlari bilan tanishlari Sh.F. va Sh.T. larni ilgari yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli urib tepganliklari, keyinchalik mazkur holat mahalla fuqarolar yig`ini raisi hamda ikki tomonning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinganligi, kelishmovchilikka barham berilganligi, holat ishtirokchilarining bir-birlariga nisbatan da`vosi yo`qligi aniqlandi.

Fuqaro S.P. bilan suxbatlashilganda, mazkur video qaysi yo`l bilan tarqalib ketganini bilmasligini, qilgan ishidan chin ko`ngildan pushaymonligini bildirib, ushbu holat yurtdoshlarimiz orasida shov-shuvga va ularning haqli e`tiroziga sabab bo`lganligi uchun kechirim so`ragan.

Shu o`rinda, holatga oydinlik kiritishda ko`maklashgan va yurtdoshlarimiz taqdiriga befarq bo`lmagan fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1