1

Toshkent metrosidagi «aqlli» kameralar tufayli qidiruvdagi shaxslar qo`lga olindi

Jamiyat 14.12.2019, 09:47
Toshkent metrosidagi «aqlli» kameralar tufayli qidiruvdagi shaxslar qo`lga olindi

Yagona korporativ video markazining tashkil etilishi va metroda odamlarning yuzlarini tanib olish imkonini beruvchi «aqlli» videokameralar o`rnatilgani xavfsizlikni sezilarli darajada yaxshilashga yordam bermoqda. Bu haqda IIV transport xavfsizligini ta`minlash Bosh boshqarmasi rahbari Oleg Bichenov ma`lum qildi.

Joriy yilda turli jinoyatlari uchun qidirilayotgan 12 shaxs qo`lga olingan. Shuningdek, ushbu chora-tadbirlar tufayli jinoyatlarning umumiy soni o`tgan yilga nisbatan 46,5 foizga (1253 dan 670 gacha) kamaydi. Jiddiy va o`ta jiddiy jinoyatlar sodir etilmagan.

Oleg Bichenov:

— Yil boshidan buyon 457 ta unutilgan narsalar, masalan, sigaret qutilari, telefonlar, portfellar kabi turli qutilar topildi. Har safar portlovchi moddalarni zararsizlantirish uchun zarur asbob-uskunalar bilan maxsus bo`linma keladi. Ular professional ishlaydi va poezdlarning harakatlanish jadvaliga ta`sir qilmaydi, yo`lovchilarga noqulaylik tug`dirmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1