1

Ichki ishlar vaziri o`rinbosari senator Farrux Dadaxo`jaevning tanqidiga javob berdi

Jamiyat 14.12.2019, 10:15
Ichki ishlar vaziri o`rinbosari senator Farrux Dadaxo`jaevning tanqidiga javob berdi

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasining joriy yil 13 dekabrda bo`lib o`tgan navbatdagi majlisida, qo`mita raisi, senator Farrux Dadaxo`jaev yo`llardagi patrul postlari faoliyati yuzasidan to`xtalib o`tdi.  Xususan, katta yo`llar bo`yidagi patrul postlarining har biri kriminalning uyasi ekani, noqonuniy postlar borligi hamda yo`l bo`ylarida «Stop» belgisini qo`yishda noqonuniyliklar kuzatilishi haqida fikr bildirgan edi.

Bunday sub`ektiv yondashuv Farrux Dadaxo`jaev tomonidan ilgari ham, profilaktika inspektorlarining xizmat mashinalariga benzin quyish nonvoychilarga qolib ketgan, deb bildirgan fikrida ham kuzatilgan edi.

Mazkur fikr xususida Ichki ishlar vazirining o`rinbosari Azizbek Ikramov quyidagicha izoh berdi. 

Azizbek Ikramov:

— Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitusiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta`minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iboratdir.

Xalq posboni bo`la turib, huquqbuzarlik sodir etgan har qanday xodim qat`iy javobgarlikka tortiladi. Biroq, xech kimning ichki ishlar organi xodimlarini qonunchilikni buzishda asossiz ayblashga xaqqi yo`q. 

Mutassadi rahbarlardan ommaviy axborot vositalariga bayonot berishda aniq faktlarga asoslanishlarini va noo`rinhamda xaqoratomuz gaplardan qochishlarini talab qilaman.

Shuningdek, «To`xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» («Stop») belgisini o`rnatilishi tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan“Yo`l harakati qoidalari”ning 1-ilovasida aniq belgilab qo`yilganligini, ichki ishlar organlari esa belgilangan tartibni ijrochisi ekanligini eslatib o`tmoqchiman.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1