1

Haydovchilar diqqatiga!

Jamiyat 14.12.2019, 11:53
Haydovchilar diqqatiga!

Gidrometeorologiya xizmati Markazining bergan ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 14 dekabr kuni A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” davoni hududida kuchli qor yog`ishi, yo`lning muzlashi, tuman tushishi, ko`rish masofasi 50 metrgacha yomonlashishi, shuningdek, shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, yo`l transport hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e`tibor qaratishingizni so`raymiz:

  • avtomobillarning texnik holatini to`liq ko`zdan kechirish;
  • dovon orqali etarli darajada yoqilg`i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;
  • avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;
  • haydovchilarimizning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo`llarda to`xtab dam olishlari;
  • viloyatlararo yuk tashish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o`tkazilishi.

 

Qamchiq” dovoni bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38

Ma`lumot uchun: Ayni vaqtda “Qamchiq” dovonida qor yog`moqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1