1

Soxta pulni haqiqiysidan qanday ajratamiz?

Jamiyat 14.12.2019, 12:40
Soxta pulni haqiqiysidan qanday ajratamiz?

Bu haqida "Darakchi" uza.uz manbasiga ko`ra xabar bermoqda:

Keyingi kunlarda soxta pul yasash bilan shug`ullanayotganlar haqidagi mish-mishlar tez-tez quloqqa chalinmoqda. Ba`zida bozorda savdo qilayotganlar ham yirik pulni maydalab, soxtakorlar qurboniga aylanib qolayotgani haqida eshitmoqdamiz.

Ma`lumotlarga ko`ra, har qirqinchi 1 funt-sterling tangasi, har o`n minginchi 100 dollarlik pullar qalbaki emish. Qalbaki pul yasovchilar AQSh valyutalarida surati tasvirlangan yagona ayol Marta Vashington bilan zarb qilingan 1 $ lik kumush tangalarni ham qalbakilashtirishgan ekan.

Bunday firibgarlarga duch kelganda “chuv” tushmaslik uchun nimalarga e`tibor qilish, asl kupyuralarni qalbakisidan oddiy holatlarda qanday ajratib olish usullari haqida bilish uchun Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga murojaat qildik. Buning uchun oddiy tavsiya berildi: “His eting, yaxshilab qarang va tekshirib ko`ring”. Bu qanday bo`ladi? biz ajablandik.
 

photo5449568511232945255.jpg


– Fuqarolarimiz uy sharoitida milliy valyutamizni qog`ozini sifati va ustidagi ranglardan bemalol ajratib olsa bo`ladi, – deydi Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi etakchi eksperti Malika Qambarova. – Avvalo, banknotni yaxshilab his etishni o`rganish kerak. Unda maxsus muhr bor, muhr relf yaratib turadi. Ko`zi ojiz odamlar ham qo`li bilan his etishga yordam beruvchi qabariqlar borki, qo`l orqali paypaslab, bilsa bo`ladi. Bunda undagi o`lcham va silliqligi ham muhim. Aslida rasmlar va yozuvlar bir xil, ranglar tiniq bo`ladi. 50 minglik yoki 100 minglik bo`lsin hammasi chiroq tushganda chetidagi belgisi har xil tusga kiradi. Qisqasi puldagi suv belgisi, qiyalik burchagiga qarab harakatlanadigan himoya ipi, tasvirlarning bo`rtib turishi va arkaning tagida oq rangli bo`yoqda bosilgan O`zbekiston Respublikasining xaritasi orqali tezda aniqlab olish mumkin. Banknotning pastki qismidagi naqshda yashirin tasvir mavjud bo`lib, bu lotin yozuvidagi UZ so`zidan iborat. Bu ham ma`lum qiyalik burchagida bemalol ko`rinadi.

Bularni hech biri soxta pullarda bo`lmaydi. Hatto, ustida barmoq yurganda g`adir-budirlik sezilmaydi. Hatto ularning qog`ozini sifati bir ikki marta bukilsa yoki suv tegsa, yirtilib bo`yoqlari qo`lga o`tib qoladi.

Ba`zida odamlarimizni befarqligi tufayli “firibgarlar ish yurishadi”. Mana qo`limizda yozuvlari bir tarafga tushib qolgan soxta pullar turibdi. Ular olganlar aldanib qolgan. Aslida, ozgina e`tiborli bo`lgan yosh bola ham uni soxtaligini bemalol biladi. Chunki, yuzidagi rasmlar va orqaga o`girgandagi yozuvlar bir- biriga teskari turibdi.


Biz aytayotganimiz oddiy usullar. Ba`zi soxta pullar juda murakkab tayyorlangan bo`ladi, ularni oddiy ko`zda ajratish keyin. Bu vaqtda turli uskunalar, hech bo`lmasa lupa kerak bo`ladi.

Qalbaki pullar masalasida ko`proq banklar bilan ishlaymiz. Yaqinda tekshirishga olib kelingan katta miqdordagi evroning asosiy qismi soxta bo`lib chiqdi. Ayni vaqtda fuqarolar kelib ariza yozib, tegishli to`lovni amalga oshirsa, eng kamida o`n kun muddatda pullarini tekshirib beramiz.Har bir ob`ekt uchun 900 ming atrofida to`lov amalga oshiriladi.

Qayd etish kerakki, Jinoyat kodeksining 176-moddasiga ko`ra, o`tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog`ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog`ozlar yasash yoki ularni o`tkazish ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo`yilgan.
 

photo5447626069323656461.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1