1

Senat raisi: O`zbekistonda bolalar mehnatiga butunlay barham berildi

Jamiyat 14.12.2019, 13:28
Senat raisi: O`zbekistonda bolalar mehnatiga butunlay barham berildi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva bugun, 14 dekabr kuni bo`lib o`tayotgan Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda majburiy mehnatga yo`l qo`ymaslik, gender tenglikni ta`minlash, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash bo`yicha kompleks choralar ko`rilayotganini haqida gapirdi.

Senat Raisi bu borada saylov kodeksi asosida siyosiy partiyalar tomonidan ko`rsatiladigan deputatlikka nomzodlarning kamida 30 foizini ayollar tashkil etishi belgilanganiga urg`u berib, bugungi kunda mamlakatimizda bolalar mehnatiga butunlay barham berilganini ma`lum qildi. 

– Senat Raisi boshchiligidagi Gender tenglikni ta`minlash hamda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo`yicha komissiyalar faoliyati yo`lga qo`yilgani, bu borada parlamentning mas`uliyati oshib borayotganligini anglatadi, – dedi T.Narbaeva. – Qabul qilingan yangi qonunlar, o`tkazilgan xalqaro darajadagi tadbirlar bu boradagi ishlarimizni butunlay yangi bosqichga olib chiqdi, deyishimiz mumkin. Shunga qaramay, hali ko`plab masalalar o`z echimini kutmoqda.  Birinchi navbatda, ushbu yo`nalishlarga oid normativ-huquqiy hujjatlardan, imkoniyatlar va kafolatlardan aholining xabardorligini ta`minlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish lozim. Buning uchun imkon qadar sodda va ta`sirchan mexanizmlarni joriy etish talab etiladi. Shuningdek, gender tenglik, xotin-qizlar masalalari borasida parlament nazoratini kuchaytirishimiz lozim. Mutasaddi vazirlik va idoralarning mas`uliyatini oshirish, xususan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mansabdor shaxslarning hisobotlarini muntazam eshitib borish maqsadga muvofiq.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1