1

Kecha Qashqadaryoda kompaniyaning 65 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi

Jamiyat 14.12.2019, 16:53
Kecha Qashqadaryoda kompaniyaning 65 nafar  ishchisi ovqatdan zaharlandi

Qashqadaryo viloyatidagi kompaniyaning 11 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda SSV ma`lum qildi

Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan “TNTER ENGINEERING PTE. Ltd” kompaniyasining G`uzor tumanida joylashgan UZGTL loyihasi asosida tashkil etilgan shaharcha ishchilaridan 2019 yilning 13 dekabr kuni soat 8:30 dan 16:30 gacha viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 9 nafar va Nishon tez tibbiy yordam ilmiy markaziga 2 nafar ishchilar ko`ngil aynishi, qayd qilish, ichni tez-tez ketishi, tana haroratini ko`tarilishi, sovuq qotish kabi kasallik belgilari bilan murojaat qilgan. 

O`tkazilgan tibbiy ko`rikdan so`ng, ularga guruhli ovqatdan zaharlanish “O`tkir gastroenterit” tashxisi qo`yilib shifoxonaga yotqizilganligi to`g`risida birlamchi axborot berilgan edi.

Mazkur holat bo`yicha Respublika Cog`liqni saqlash vazirligi va viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshchiligida shtab tashkil etilgan. Ovqatdan zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan iste`mol qilgan ishchilar tuzilgan komissiya tomonidan tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan. 2019 yil 14 dekabr soat 7:00 holatida o`tkazilgan tibbiy ko`rik davomida yana 54 nafar ishchilar faol aniqlanib shifoxonalarga olib kelingan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 49 nafar, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziy Qashqadaryo filiali Toksikologiya bo`limida 10 nafar, G`uzor tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, Nishon tuman tez tibbiy yordam bo`limida 2 nafar jami 65 nafar bemorlar davolanmoqda. Bemorlarning 46 nafari ahvoli engil, 19 nafari o`rtacha, og`ir bemorlar yo`q. Dori darmonlar zaxiralari etarli.

Bemorlardan olingan namunalar va zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan olingan namunalarda laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur vaziyat to`liq nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1