AsosiyJamiyat

19 dekabrdan Toshkent – Moskva avtobusi yo`lga qo`yiladi

'19 dekabrdan Toshkent – Moskva avtobusi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Joriy yilning 19 dekabridan e`tiboran “Toshkent – Moskva – Toshkent” yo`nalishida muntazam avtobus qatovini yo`lga qo`ymoqda. Bu Transport vazirligi tomonidan ayni damda Rossiya Federasiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va yangi yil bayramini O`zbekistonda kutib olishni niyat qilgan hamyurtlarmiz va chet el fuqarolariga bayram tuxfasi sifatida taqdim etilmoqda.

Mazkur yo`nalishdagi qatnovlar “Uzautotrans Service” korxonasi tomonidan zamonaviy Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Qatnovlar “Toshkent” avtovokzali va Moskvaning «Novoyasenevskaya» avtostansiyasidan amalga oshiriladi. 

Joriy yilning 19 dekabr kuni soat 12:00 da ilk avtobus Rossiya Federasiya poytaxti Moskva shahri tomon “Toshkent” avtovokzalidan yo`lga chiqadi. Mazkur yo`nalish bo`yicha chipta narxi 900 000 so`m etib belgilangan. 

Ushbu yo`nalish bo`ylab muntazam avtobus qatnovlari haftasiga ikki marotaba dushanba va payshanba kunlariga belgilangan. Avtobuslar "Toshkent" avtovokzalidan soat 12:00 da yo`lga chiqadi. «Novoyasenevskaya» avtostansiyasidan esa Moskva vaqti bilan soat 14:00 da harakatlanadi. 

Ushbu qatnov bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni “Toshkent” avtovokzalining  (71) 207-87-00 hamda (97) 758 14 24, (99) 808 47 42, (99) 808 47 17 telefon raqamlari orqali olish mumkin. 

Eslatib o`tamiz, bugungi kunda Rossiya Federasiyasining Nijniy Novgorod va Qozon shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda. 

Boshqa yangiliklar