Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 12 dekabr soat 11:30larda fuqaro S.B. «Neksiya» rusumli avtomashinani «Beshterak – Makrid» 4K-275 yo`lining 6-kilometrida boshqarib ketayotgan paytda yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. U boshqaruvni eplay olmagani tufayli mashina yo`l chetiga chiqib ketadi va daraxtga uriladi.
Natijada yo`lovchilar O.Ch. va Sh.K. jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Afsuski, tibbiy muolajalar ko`rsatilishiga qaramasdan, ular shu erda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar qilmoqda "Postda"