AsosiyJamiyat

Fuqarolik kodeksiga o`zgartish kiritildi

'Fuqarolik kodeksiga o`zgartish kiritildi'ning rasmi

“Ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, tadbirkorlik sub`ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga tegishli o`zgartishlar kiritildi.

Jumladan, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o`zgartishga ko`ra, yuridik shaxs moliya-xo`jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli harakatsiz rejimga o`tkazilgan paytdan boshlab 3 yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro`yxatdan o`tkazuvchi organning qaroriga ko`ra tugatilishi mumkin (NNTlar bundan mustasno).

(Amalda 6 oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa –– 3 oy mobaynida) moliya-xo`jalik faoliyati amalga oshirilmagan  va (yoki) davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab 1 yil ichida ustav fondi shakllantirilmaganda sudning qaroriga muvofiq tugatiladi).

Shuningdek, yuridik shaxs bo`lgan tadbirkorlik sub`ektini ixtiyoriy ravishda tugatish to`g`risidagi e`lon ro`yxatdan o`tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

(Amalda Kodeksda ushbu talab nazarda tutilmagan).

Ushbu Qonun 2020 yil 1 yanvardan e`tiboran kuchga kiradi

Boshqa yangiliklar