1

Yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchi YTHga uchrab, hodisa joyida vafot etdi

Jamiyat 15.12.2019, 10:48
Yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchi YTHga uchrab, hodisa joyida vafot etdi

Samarqand. 2019 yil 12 dekabr kuni taxminan soat 19:45 larda fuqaro 28 yoshli S.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasida “M-39” “Almata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo`li bo`ylab “Toshkent-Samarqand” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketayotganida, yo`lning Jomboy tuman “Qoramo`yin” mahallasi hududidagi 1061 km.da piyodalar o`tish joyidan chapdan o`ng tomonga kesib o`tayotgan velosipedchi 50 yoshli H.B.ni urib yuborib, yo`l transport hodisasi sodir qilgan.Natijada velosipedchi H.B. tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan 2019 yil 12 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1