1

Farg`ona hokimi blogerning "janozasini o`qish"ni buyurganmidi?

Jamiyat 15.12.2019, 12:17
Teglar: bloger, Farg`ona hokimi, janoza
Farg`ona hokimi blogerning "janozasini o`qish"ni buyurganmidi?

“Ozodlik” Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievning ovozi deb aytilayotgan audiomaterialni e`lon qildi. Manbaning yozishicha, 2 dekabr kuni o`tkazilgan selektor yig`ilishida Quvada gaz yo`qligiga norozilik bildirib, avtomobil yo`lini to`sish voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qo`ygan shaxsning “janozasi o`qilmagani” uchun Quva tumani hokimini tergagan.

Qirq etti soniyalik audioyozuvda Shuhrat G`aniev noyabr oyining oxirida Quvada gaz yo`qligidan avtomobil yo`lini to`sgan odamlarni videoga olgan shaxsnining “janozasi” nega o`qilmaganini tuman hokimi Ravshan Qurbonovdan so`ragan:

-Mana kecha, Quvada, qarzni to`lab qo`yishni o`rniga nima bo`lyapti, Quvada? Kim ekan o`sha, telefonda gapirgan, o`sha ko`chaga chiqvolib moshinalar o`tyapti mana hozir... A, oooov tuman hokimi?

Quva tumani hokimi: - Salomaleykum.

Shuhrat G`aniev: - Salomaleykum. Qani o`sha?

Quva tumani hokimi: - Shuhrat Madaminovich, aniqlashtir deganingizga, aniqlashtirish....

Shuhrat G`aniev: - Aniqlashtirish kerak emas, qachon o`qiladi uning janozasi?

Quva tumani hokimi: - Chorasini ko`rdik...

Shuhrat G`aniev: - Chora ko`rish emas bu og`ayni, janozasi o`qilsa, keyin hisob endi uni.

Quva tumani hokimi: - Tushunarli...

Shuhrat G`aniev: - Nima deganing u tushunarli.

Quva tumani hokimi: - Mana reja tuzdik hozir boshlandi...

Shuhrat G`aniev: - Kattaxolangikiga boshlandimi? A? Ammangni sumalagi boshlandimi? Hosil bayramidan mahrum bo`lding, tamom”, degan diologni ilova qiladi manba.

"Ozodlik" mazkur holat yuzasidan viloyat hokimining matbuot xizmati boshlig`i Muhammadjon Obidov fikri bilan qiziqqan. Muhammadjon Obidov yozuv ishonchga sazovor emas, deb topgan:

"Birinchidan, audioyozuv montaj qilinganga o`xshaydi. So`zlar aniq emas. Uzuq yuluq bir-biriga ulangani shundoq bilinib turibdi. Bunday yozuv ishonchga sazovor emas.

Ikkinchidan, hosil bayramidan xech kim mahrum qilingan emas. Viloyatning barcha tumanlari, jumladan quvaliklar xam ishtirok etganlar.

Uchinchidan, bu aslida kimning ovozi, bu ham munozarali.

To`rtinchidan, hatto bu etkazuvchining manfaati yo`lida qayta montaj qilingan yozuv bo`lsa-da, u ichki, tor doirada o`tgan yig`ilishdagi hokimlik tizimi xodimlariga nisbatan aytilgan bo`lishi kerak.

Va nihoyat, "Ozodlik" voqeadan 15 kun o`tgach Farg`ona viloyati hokimiga nisbatan adovatli tuhmat xaltasini qoqishtirishidan maqsadi ne, bizningcha, boshqa mavzu topolmaganidan, deb hisoblaymiz", deb javob yozgan M.Obidov.

Aytish kerakki, qisqa audioyozuvda bu fikrlar aynan kimga nisbatan aytilayotgani anglashilmaydi.

Sharhlar

"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Toshkentda bloger 15 yoshli bolaning o`limi sabab ichki ishlar vaziri iste`fosini so`rab, piket uyushtirdi

24.11.2022, 12:57

Farg`onadagi IIB muassasasida15 yoshli voyaga etmagan shaxsning jasadi chiqqani hodisasi sabab Toshkentda bloger ichki ishlar vaziri iste`fosini talab qilib, piket uyushtirdi.Ma`lum qilinishicha, bloger va publisist...
Shuhrat G`aniev qaysi blogerni muntazam kuzatib borishini aytdi

16.12.2019, 17:31

Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Bu haqda O`zA yozmoqda.Viloyat rahbari ijtimoiy...
Rasmiy: “Ozodlik” Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievga nisbatan navbatdagi tuhmatini e`lon qilgan”

16.12.2019, 13:56

Avval xabar berganimizdek, “Ozodlik” Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievning ovozi deb aytilayotgan audio ostida “Farg`ona hokimi blogerning “janozasini o`qish” ni buyurdi” sarlavhali materialni e`lon qilgan edi.Ikki kundirki...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1