1

O`zini Prezident apparati xodimi deb tanishtirgan shaxs «Daryo» muxbiriga bosim o`tkazdi

Jamiyat 15.12.2019, 13:53
O`zini Prezident apparati xodimi deb tanishtirgan shaxs «Daryo» muxbiriga bosim o`tkazdi

«Daryo» muxbiriga o`zini «Prezident apparatidan», - deb tanishtirgan xodim bosim o`tkazishga urindi va jurnalistik materialini o`chirib tashlashni talab qildi.

«Daryo» internet nashrining Samarqand viloyatidagi muxbiri Farhod Norbo`taevga qo`ng`iroq qilgan Nishonboy Abduvoitov o`zini «Prezident apparati xodimi», deb tanishtirgan va muxbirdan tayyorlagan materialini saytdan o`chirib tashlashini talab qilgan.

Samarqandda qiziga tegajog`lik qilgan shaxsni urib o`ldirgan ota 17 yilga qamalgani haqida darak.

Muxbir bilan telefon orqali muloqot qilgan Nishonboy Abduvoitov muxbirdan tayyorlagan xabaridagi ma`lumotni qaerdan olganini so`raydi. Ma`lumot sud tomonidan taqdim etilganligini eshitgach, «Nega sud beradi, sababi bormi? – deya savol beradi. Hamda ma`lumot yolg`on ekanligini, xabarni tezda o`chirishi lozimligini buyuradi

2007 yil 15 yanvar kuni qabul qilingan "Ommaviy axborot vositalari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi Qonunning 7-moddasida senzuraga yo`l qo`yilmasligi haqida so`z yuritiladi. Unda shunday deyiladi: «O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo`l qo`yilmaydi. E`lon qilinayotgan xabarlar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o`zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqi yo`q».

O`zini Prezident apparati xodimi deya tanishtirgan Nishonboy Abduvoitov sud chiqargan hukm adolatli ekanligiga ham ishonmagan.

– Sud vaziyatni ocholmagan-ku, - deydi Nishonboy Abduvoitov.

Xabarni o`chirib tashlashni talab qilgan xodim axborot manbai bilan ham qiziqqan va muxbirdan ma`lumotni taqdim etgan odam kimligini aytishini so`ragan. Holbuki yuqorida tilga olingan Qonuning 33-moddasida «Axborot manbaini oshkor etmaslik» haqida so`z boradi. Jumladan: «Tahririyat o`z nomini oshkor etmaslik sharti bilan berilgan axborot, ma`lumotlar, faktlar yoki dalillar manbaining nomini, shuningdek taxallusini qo`ygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oshkor etishga haqli emas».

Sayt hududiy bo`limi muharriri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Nishonboy Abduvoitov bilan muloqot qildi. Haqiqatdan ham o`zini Prezident apparati xodimi deya tanishtirgan Abduvoitov aynan kim bo`lib ishlashi haqidagi savolga «Internet saytlari bo`yicha ishlayman», - deya javob berdi. Va muxbirdan xabarni o`chirib tashlashini talab qilganini tan oldi.

Nishonboy Abduvoitov bilan suhbatdan anglashilishicha, qotil otaning qiziga tegajog`lik qilgan marhum Abduvoitovning qarindoshi.

Nishonboy Abduvoitov suhbat so`ngida sayt sud tomonidan taqdim etilgan ma`lumotni olib chiqishini to`g`ri tushunishini, bunga e`tirozi yo`qligini bildirar ekan, yana bir bor xabarni o`chirib tashlashni so`ragan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1