1

Turistik polisiya yodamida xorijlikning mehmonxonaga ortiqcha to`lagan pullari qaytarildi

Jamiyat 15.12.2019, 14:54
Teglar: polisiya, sayyoh
Turistik polisiya yodamida xorijlikning mehmonxonaga ortiqcha to`lagan pullari qaytarildi

O`zbekistonga tijorat qilish maqsadida kelgan chet el fuqarosi mehmonxonada yuzaga kelgan muammo tufayli turistik polisiyasiga murojaat qilishga majbur bo`ldi. Bu haqda IIBB xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, xorijlik mehmon mehmonxonada yashash uchun uch kunlik to`lovni oldindan to`lagan. Ammo ertasi kuni u tezda Samarqandga ketishi kerak bo`lib qolgan. Mehmon ma`muriyatga qayta hisob-kitob qilib, ikki kunlik to`lovni qaytarib berishlarini so`raganda rad javobini olgan.

Natijada mehmon Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasiga yordam so`rab murojaat qilgan.

Xabarda aytilishicha boshqarma ofiserlari voqea joyiga etib borgan va muammo o`rgangan, natijada mehmonxona ma`muriyati chet ellik fuqaroga ortiqcha to`lagan pullarini qaytarib bergan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1