1

Buxorodagi maktabda o`quvchilar hojatxonada o`qitilayotgani rostmi?

Jamiyat 15.12.2019, 19:12
Teglar: maktab, hojatxona
Buxorodagi maktabda o`quvchilar hojatxonada o`qitilayotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyatining Kogon shahridagi 9-sonli umumta`lim maktabi hojatxonasida o`quvchilar uchun sinf xonasi tashkil etilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Buxoro hokimiyati hojatxonada dars o`tayotgan o`quvchilar suratiga munosabat bildirdi.

Buxoro viloyati hokimligining ma`lum qilishicha, internetda tarqalgan xabar viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi mutasaddilari tomonidan batafsil o`rganilgan.

Ta`kidlanishicha, mazkur ta`lim maktabi 1986 yilda qurilgan bo`lib, hozirda 2013 yilda kapital ta`mirdan chiqarilgan 1051 o`rinli zamonaviy binoda joylashgan.

Unda 2019-2020 o`quv yilida 1573 nafar o`quvchiga ta`lim-tarbiya berib kelinmoqda. Maktab binosi 3 qavatdan iborat bo`lib, 1986 yilda har bir qavatida ichki hojatxona, yuvinish xonalari loyihalashtirilgan bo`lsa-da, barcha qavatlarda hojatxona yo`q.

Ta`lim muassasasining hojatxonasi esa birinchi qavatida joylashgan va shu hojatxonadan foydalanib kelinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda suratlari tarqatilgan 2 va 3–qavatlardagi hojatxona va yuvinish xonalaridan yillar davomida foydalanilmagan hamda maktab ma`muriyati tomonidan yopib qo`yilgan.

Bundan bir oycha avval ana shu xonalardan biri o`quvchilar bilan alohida, sinfdan tashqari mashg`ulotlarda foydalanish uchun rekonstruksiya qilingan. 13 dekabr kuni ushbu xonada 9-sinf o`quvchilaridan maktab o`zbek tili o`qituvchisi A.F. rahbarligida o`zbek tilidan nazorat ishi olingan. Ijtimoiy tarmoqda e`lon qilingan surat shu jarayondan”,  - deyiladi xabarda.   

Xabarda Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`ining talabi bilan yuqorida tasvirlangan xonadan foydalanish to`xtatilgani qayd etilgan.

Shuningdek, sinfdan tashqari mashg`ulotlarni o`tkazish uchun ikkinchi smenada, tushdan keyin bo`shaydigan sinf xonalaridan foydalanish tashkil etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1