AsosiyJamiyat

“Xalq banki” filiali sobiq rahbarining “imtiyozli kredit operasiyasi” fosh bo`ldi

'“Xalq banki” filiali sobiq rahbarining “imtiyozli kredit operasiyasi” fosh bo`ldi'ning rasmi

Paxtaobodda sobiq bank rahbarining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq banki” Paxtaobod filiali sobiq rahbari N.A., “B.M.L.” va “P.T.” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar bilan til biriktirib, bir necha fuqarolarning nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirib, ajratilgan 173,8 mln. so`m kredit mablag`larini yuqoridagi korxonalarga o`tkazib, o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan AT “Xalq banki” Paxtaobod filiali sobiq rahbari N.A., “B.M.L.” va “P.T.” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar