Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari xorijdan poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga kelgan tarozilar “Sirg`ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida belgilangan tartibda ko`rikdan o`tkazildi. Bu haqda Qo`mita axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, umumiy qiymati 560 million so`mlik 5600 dona elektron tarozi tovarlarining TIF TN kodlari noto`g`ri ko`rsatilganligi hamda mazkur tovarlar “O`zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining xatiga asosan davlat standartlariga javob bermasligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.