1

“Qamashida katta janjal” tafsilotlari ma`lum qilindi (video)

Jamiyat 16.12.2019, 14:19
Teglar: IIB, janjal, Qamashi
“Qamashida katta janjal” tafsilotlari ma`lum qilindi (video)

Kecha, 15 dekabr kuni “You-Tube”ning “Baxodir brat”kanaliga ”Qamashida katta janjal” sarlavhasi ostida videotasvir joylashtirildi.

Mazkur holatni Qashqadaryo viloyati IIB tezkor o`rgandi va tafsilotlarni taqdim etdi.

Unga ko`ra, 2019 yil 08 dekabr kunidagi xizmat taqsimotiga asosan viloyat IIB YHXB YPXB 2-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX inspektorlari safdorlar B.Qudratov, O.Xo`janov, kichik serjant I.Bo`ronovlar xizmat olib borayotgan bo`ladi.

Qarshi-Shahrisabz yo`lining 46 kmda ya`ni Qamay qishlog`idan o`tuvchi qismida fuqaro Jumaev G`anisher Raxmatulla o`g`li boshqaruvida bo`lgan “Neksiya” rusumli 70 W 353 LA davlat raqam belgili avtomashinani boshqarish davomida xavfsizlik kamaridan foylalanmasdan kelganligi uchun YPX inspektori safdor B.Qudratov uni to`xtatib, haydovchiga o`zini tanishtirib, o`ziga va avtomashinaga tegishli hujjatlarni taqdim qilishni so`ragaydi va haydovchi hujjatlarini taqdim etgan. 

YPX inspektori hujjatlarni tekshirish davomida avtomashinani sug`urta polisining muddati o`tib ketgan holda avtomashinani boshqarib yurganligi, bu harakati bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabr kunidagi 370-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l harakati qoidalari”ning 7-bandida nazarda tutilgan qoidabuzarlikni, ya`ni O`zbekiston Respublikasi MJtKning 1351-moddasi 1-qismi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi shuningdek faqat mazkur sug`urta polislarida ko`rsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi to`g`risida mazkur sug`urta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish”-deb ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun haydovchiga nisbatan UZ-19-seriyali 70-235830-raqamli ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, haydovchini ma`muriy bayonnoma bilan tanishtirgan va O`zbekiston Respublikasi MJtKning 291-moddasi va O`zbekiston Respublikasi IIVning 2011 yil 13 iyun kunidagi 68-sonli buyrug`ining 36-bandida /Ushlab turish sabablari bartaraf etilgunga va ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ko`rilgunga qadar/-deb ko`rsatilganligiga asosan avtomashina Qamashi tumanidagi “Hojibek Abduqahhorovich” MChJga tegishli bo`lgan jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Shunda “Neksiya” rusumli 70 W 353 LA davlat raqam belgili avtomashinada yo`lovchi sifatida kelayotgan no`mulum fuqaro qo`l telefoniga YPX inspektorlarini videotasvirga olib guyoki YPX xodimlari zo`ravonlik qilib mashinani evakuatorga ortayotganligini, Qamashi tumanida GAIlar shunday ishlar bilan shug`ullanib yurganligini, haydovchiga o`zini tanishtirmaganligini, xizmat guvohnomasi va dislokasiyasini ko`rsatmaganligini aytib videotasvirga ola boshlagan. YPX inspektori kichik serjant I.Bo`ronov ushbu fuqaroga “hurmatli fuqaro Siz haydovchi emasiz, YPX inspektori o`zini tanishtirdi, men kichik serjant Bo`ronov Ikrom”-deb o`zini tanishtirib xizmat guvohnomasini ko`rsatganida ushbu fuqaro unga baqirmasligini, oraliq masofa saqlashini aytib janjal chiqarishga va ommani yig`ishga harakat qilgan. Shundan so`ng evakuatorni hujjatlarini ko`rsatmaganligini, uni kim chaqirganligi bo`yicha turli xil gap so`zlar qilib ommani o`ziga jalb qilgan va YPX inspektorlarining ishiga halaqit bergan. Avtomashinani evakuatorga ortish davomida “avtomashinani sudrab tashladinglar, zurovonlik qilib ortayapsizlar, men bo`lganimda bularga avtomashinani bermasdim”,-deb haydovchini janjal ko`tarashga undagan va ushbu holat bo`yicha prokuratura organlariga hamda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishini aytib videotasvirni yakunlagan. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Farg`onadagi avtoturargohda nazoratchi ayol va haydovchi o`rtasida janjal kelib chiqdi

19.04.2024, 13:43

Joriy yilning 11 aprel kuni Farg`ona shahardagi  “Shodlik Qirguli avto” MChJda nazoratchi bo`lib ishlovchi Z.S. (ayol) hamda Farg`ona-Toshloq yo`nalishida qatnovchi haydovchi B.O. o`rtasida o`zaro kelishmovchilik...
"Haddingni bilib yur, bilmasang, bildirib qo`yaman". Yakkabog` tumani IIB mulozimining xodimga qilgan do`q-po`pisasi bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

07.12.2022, 11:47

Yakkabog` tuman IIB boshlig`i birinchi o`rinbosari qo`l ostidagi xodimga qo`pol munosabatda bo`lgani aks etgan video tarqalmoqda.Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati izoh berdi. Ma`lum...
Toshkentda IIB xodimining o`ldirilishi ayol kishi bilan bog`liqmidi? Shov-shuvlarga oydinlik kiritildi

03.12.2022, 11:21

Sal avval Toshkentda chaqiruv bo`yicha voqea joyiga etib borgan IIB xodimi o`ldirilgani xabar qilingan edi. Ayrim OAVlarda Toshkent shahri Olmazor tumanida vafot etgan profilaktika inspektori...
Jizzaxda ichki ishlar xodimi YTHga uchrab halok bo`ldi. U nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan bo`lgan (video)

12.10.2022, 12:03

Jizzaxda nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan IIB xodimi avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Uchtepa"...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1