Toshkent metropolitenining Qo`yliq yo`nalishida THAY, Bektemir yo`li, Farg`ona yo`li ko`chalari kesishmasida qurilish ishlari olib borilayotganligini tufayli transport harakati uchun vaqtincha, 16 dekabrdan 20 dekabrga qadar cheklanadi.
Shu munosabat bilan:
15, 81, 93-sonli avtobus yo`nalishlari harakati to`g`ri yo`nalishda “Qo`yliq 1- mavzesi” AShBdan Qo`yliq 1-mavzesi, THAY ko`chalaridan “Qo`yliq buyum bozori”dan o`tib, birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY, Qo`yliq 1-mavzesi, Munis, Farg`ona yo`li ko`chalaridan, qaytish yo`nalishida Farg`ona yo`li, Munis, Qo`yliq 1-mavzesi ko`chalaridan “Qo`yliq 1-mavzesi” AShBgacha harakatini davom ettiradi.
99, 110-sonli avtobus yo`nalishlari harakati to`g`ri yo`nalishda X.Bayqaro ko`chasidan, X.Bayqaro, Bektemir yo`li, Farg`ona yo`li, Munis, Qo`yliq 1-mavzesi, THAY ko`chalaridan “Qo`yliq buyum bozoridan” o`tib birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY ko`chalaridan harakatini o`z yo`nalishi bo`yicha, qaytish yo`nalishida THAYdagi “Qo`yliq dehqon bozori” bekatidan harakatlanib “Qo`yliq buyum bozori”dan o`tib, birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY, Qo`yliq 1-mavzesi, Munis, Farg`ona yo`li, Bektemir yo`li ko`chalaridan harakatini o`z yo`nalishi bo`yicha davom ettiradi.
45-sonli avtobus yo`nalishi harakatini to`g`ri yo`nalishida Farg`ona yo`li ko`chasidan Farg`ona yo`li, Munis, Qo`yliq 1-mavzesi, THAY ko`chalaridan “Qo`yliq dehqon bozori” bekatigacha, qaytish yo`nalishida THAYdan “Qo`yliq buyum bozori”dan o`tib, birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY, Qo`yliq 1-mavzesi, Munis, Farg`ona yo`li ko`chalaridan harakatini o`z yo`nalishi bo`yicha davom ettirgan holda tashkil etilsin.
13T-sonli avtobus yo`nalishi harakatini qaytish yo`nalishida Farg`ona yo`li ko`chasidan Farg`ona yo`li, Bektemir yo`li, X.Bayqaro ko`chalaridan (THAYdagi “Qo`yliq dehqon bozori” bekatiga kirmasdan) keyingi harakatni o`z yo`nalishi bo`yicha davom ettiradi.






