Yaponiyada qishloq xo`jaligi, o`rmon va baliqchilik vazirining sobiq o`rinbosari Xideaki Kumazava o`g`lini o`ldirgani uchun olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deya xabar berdi Associated Press'ga asoslanib "tarjumon.uz"
Tergov ma`lumotlariga ko`ra, amaldor 44 yoshli o`g`lini o`ldirib, unga bir necha marta jarohat etkazgan. Jinoyat 2019 yil iyun oyida Tokioda sodir etilgan. Erkak qon yo`qotishidan vafot etdi. Kumazava darhol politsiyani chaqirgan va aybini tan olgan.
Sobiq siyosatchining o`g`li psixologik muammolarga duch kelgan, hatto onasini haqorat ham qilgan. Bir muncha vaqtgacha, sud o`g`ilga ular bilan birga yashashni ham ta`qiqlagan edi. Qotillikdan bir hafta oldin, u ota-onasining uyiga qaytib keladi va otasini o`ldirish bilan tahdid qilib, avvalgi harakatlarini davom ettirdi.
Kumazava advokatlari qotillik o`zini himoya qilish natijasida sodir bo`lganligini ta`kidlab shartli hukmni talab qilishdi.