Inson salomatligiga salbiy ta`sir etuvchi hamda sifati kafolatlanmagan turli mahsulotlarni yurtimizga noqonuniy yo`llar orqali kirib kelishiga bojxona organlari tomonidan keskin choralar ko`rilmoqda.
Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida, fuqaro R.I. boshqaruvidagi avtotransport vositasi to`xtatilib belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida umumiy qiymati 33,6 million so`mlik 171 dona biofaol moddalar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






