1

5300 dan ortiq ziyoratchilar muddatidan oldin saylovlarda ovoz berdi

Jamiyat 17.12.2019, 11:26
5300 dan ortiq ziyoratchilar muddatidan oldin saylovlarda ovoz berdi

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylov o`tkazuvchi barcha saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 57-moddasiga muvofiq, muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga 3 kun qolganida to`xtatiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan muborak Umra ziyoratiga yo`l olayotgan 5300 dan ortiq yurtdoshlarimiz muddatidan oldingi saylovlarda ishtirok etib, o`zlari tanlagan nomzodga ovoz bergan, deya xabar beradi Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati. 

Eslatib o`tamiz, saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish 18 dekabr kuni soat 18.00 ga qadar davom etadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1