AsosiyJamiyat

Navoyida profilaktika inspektori oilaviy o`lim bilan bog`liq jinoyat sodir etilishining oldini oldi

'Navoyida profilaktika inspektori oilaviy o`lim bilan bog`liq jinoyat sodir etilishining oldini oldi'ning rasmi

2019 yilning 14 dekabr kuni Zarafshon shahar 2-kichik nohiya 16-uy 23-xonadonda yashovchi fuqaro 1981 yilda Nurota tumani Chuya M.F.Y da tug`ilgan  G.N Zarafshon shahar 2-kichik tumani hududida joylashgan “Konchilar” M.F.Y ga soat taxminan 16-00 lar chamasi borib, turmush o`rtog`i spirtli ichimlik iste`mol qilib xonadonida o`zi va  farzandlari bilan o`zaro janjal qilganligi bo`yicha murojaat qildi.

Shundan so`ng Zarafshon shahar IIB 21-sonli tayanch punkti profilaktika inspektori leytenant Soibov Farid Bobir o`g`li, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo`yicha yordamchisi Erkinov Zafar Urchinboy o`g`li bilan birgalikda manzilga borgan vaqtida fuqaro T.B uyida emasligi sababli, turmush o`rtog`i fuqaro G.N qo`l telefoni orqali uni xonadoniga chaqirtirgan.

Shundan so`ng turmush o`rtog`i T.B ko`cha tomondan kelib qo`lining eng qismidan oshxona pichog`ini olib, kirish eshigi oldida turgan profilaktika inspektori leytenant Soibov Farid Bobir o`g`lini qorin qismiga kindik qismining chap va past tomoniga 2 marotaba jarohat etkazib, xonadon ichkarisiga kirishga xarakat qilgan. 

Profilaktika inspektori hamda uning yordamchisining sa`yi harakatlari bilan T.B turmush o`rtog`i G.N hamda farzandlariga zarar etkaza olmagan. Profilaktika inspektori leytenant Soibov Farid Bobir o`g`li o`z xizmat vazifasiga sitqidildan yondoshib, jonini xatarga qo`yib, oila turmush darajasidagi o`lim bilan bog`liq jinoyat sodir etilishini oldini olgan. 

Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shaxar Prokuraturasi tomonidan fuqaro T.Bga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 25,97-moddasi 1-qismi va 104- moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Profilaktika inspektori hamda uning yordamchisi ko`rsatgan jasorat O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan alohida e`tirof etilib ularni rag`batlantirish bo`yicha alohida ko`rsatma berildi, Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar