1

O`zbekistonda agronomlar maktabi tashkil etiladi

Jamiyat 17.12.2019, 12:57
O`zbekistonda agronomlar maktabi tashkil etiladi

Innovasion rivojlanish vazirligining tashabbusi bilan respublikada agronomlar maktabini tashkil etishning amaliy chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lumotga ko`ra, ushbu tashabbus Fermer, dehqon va shaxsiy tomorqa xo`jaliklari kengashi, Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Bog`dorchilik va issiqxona xo`jaliklari agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan qo`llab-quvvatlangan.

Mazkur tashkilotlar va boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar natijasida respublikada katta talabga ega bo`lgan agronomlarning maktabi yaratiladi.

Respublikada qishloq xo`jaligini rivojlantirish borasida qator tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan, tahlillar tajribali agronomlarning etishmasligini ko`rsatmoqda. Hozirgi kunda yangi tashkil etilgan agroklasterlarda, qishloq xo`jaligi korxonalari, fermer va dehqon xo`jaliklarida etishtirilayotgan mahsulot hajmini ko`paytirish, uning sifatini oshirish bo`yicha qator tadbirlar xo`jalikda tajribali agronom bo`lishini talab etadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1