AsosiyJamiyat

Andijonda 188 ming dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari to`xtatib qolindi

'Andijonda 188 ming dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari to`xtatib qolindi'ning rasmi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining yashirincha olib kirilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma`lumot asosida “Xo`jaobod-Namangan” yo`nalishi bo`ylab harakatlanib ketayotgan fuqaro X.O boshqaruvidagi“Nexia” rusumli avtomashina to`xtatilib ko`zdan kechirilganida, avtotransport vositasi saloni hamda yukxonasida hech qanday hujjatlari bo`lmagan qiymati 56 298 000 so`mlik xorijda ishlab chiqarilgan 188 000 dona sifat sertifikatiga ega bo`lmagan kapsula ko`rinishidagi dori vositasi hamda 6442 dona boshqa  buyumlar borligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar