1

Toshkent hayvonot bog`i boshqaruvi xususiy kompaniyaga berilmoqda

Jamiyat 17.12.2019, 14:30
Toshkent hayvonot bog`i boshqaruvi xususiy kompaniyaga berilmoqda

Bu Vazirlar Mahkamasining shu yil 13 dekabrdagi “Toshkent hayvonot bog`ini kelgusida modernizasiya qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida belgilab qo`yildi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Toshkent hayvonot bog`i” davlat muassasasi tashkiliy-huquqiy shaklini mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xo`jalik jamiyatiga aylantirgan holda, “Wildlife Care” MChJga ishonchli boshqarishga berish to`g`risidagi taklifiga rozilik berildi.

Qarorga ko`ra,

  • Toshkent hayvonot bog`i” mas`uliyati cheklangan jamiyatining ustav kapitali qayta tashkil etilayotgan “Toshkent hayvonot bog`i” davlat muassasasi mol-mulklarining qoldiq balans qiymatida shakllantiriladi va jamiyatning ustav kapitalidagi ta`sischi funksiyasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
  •  Ishonchli boshqaruvchi tomonidan Ishonchli boshqarish shartnomasi talablariga to`liq rioya etilgan taqdirda, shartnomaning muddati 30 yilgacha uzaytirib boriladi;
  • “Toshkent hayvonot bog`i” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilganda “Toshkent hayvonot bog`i” davlat muassasasining amaldagi soliq rejimi saqlanib qolinadi;
  • ishonchli boshqaruvchi uchun to`lanadigan haq miqdori “Toshkent hayvonot bog`i” mas`uliyati cheklangan jamiyatining yil yakunlari bo`yicha hisoblanadigan divident hisobidan to`lanadi;
  • ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan investisiyalar auditorlik tashkilotining hisobotiga asosan “Toshkent hayvonot bog`i” mas`uliyati cheklangan jamiyatining sof foydasidan qaytariladi;
  • “Toshkent hayvonot bog`i” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga “Toshkent hayvonot bog`i” davlat muassasasi uchun 2019 yilda ajratilgan mablag`lardan kam bo`lmagan miqdorda byudjet hisobidan mablag`lar ajratilib boriladi.

Qayd etilishicha, “Toshkent hayvonot bog`i” davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xo`jalik jamiyatiga aylantiriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1