1

Avtomashinaga o`rnatilgan gaz balon portladi: sabablari aniqlanmoqda

Jamiyat 17.12.2019, 16:44
Avtomashinaga o`rnatilgan gaz balon portladi: sabablari aniqlanmoqda

Avval xabar qilganidek, 16 dekabr kuni Andijon tumanidagi avtomashinalarga gaz quyish shaxobchalarining birida “Nexia-2” rusumli avtomashinasining orqa yukxonasiga o`rnatilgan gaz balon portlaganligi oqibatida avtomashina haydovchisi 48 yoshli O.K. jarohat olgan.

O`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, ushbu avtomashinaga gaz quyish uchun Jaxonobod mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shaxobchasiga kirib kelgan. Gaz quyib bo`lganidan so`ng chiqib ketmoqchi bo`lganida bir vaqtning o`zida avtomashinaning oldi va orqa qismida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash sodir bo`lgan. Portlash natijasida avtomashina jiddiy shikastlangan, haydovchi esa dvigatel qismida shovqin ovozini eshitganligi sababli zudlik bilan transport vositasini tark etgan va engil tan jarohati olgan, boshqa jarohatlanganlar yo`q. Portlash sabablarini aniqlash maqsadida, hodisa joyidan portlagan gaz balonning qoldiqlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, tegishli ekspretizalar tayinlangan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1