AsosiyJamiyat

Bugun yomg`irli ob-havo va`da qilinmoqda

'Bugun yomg`irli ob-havo va`da qilinmoqda'ning rasmi

Uzgidromet 18 dekabr uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-5° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq - 3° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar