Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro V.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, avtoulov yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 133 million so`mlik 72 dona televizorlar hamda ushbu avtotransport vositasida yo`lovchi sifatida harakatlanayotgan fuqaro M.M. tomonidan olib ketilayotgan va umumiy qiymati 54 million so`mlik sifati kafolatlanmagan 1200 dona kir yuvish vositalari borligi aniqlandi.
Tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida olingan tovarlarning umumiy qiymati 187 million so`mni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.