1

Bosh prokuratura asossiz ishdan bo`shatilgan Davlat san`at muzeyi direktori o`rinbosariga yordam berdi

Jamiyat 18.12.2019, 12:06
Bosh prokuratura asossiz ishdan bo`shatilgan Davlat san`at muzeyi direktori o`rinbosariga yordam berdi

Fuqaro N.A. fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarning ishga tiklashni rad etish haqidagi qarorlaridan norozi bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat yo`llagan.

Aniqlanishicha, N.A. O`zbekiston Davlat san`at muzeyi direktorining 21.08.2017 yildagi 51-sonli buyrug`i bilan mazkur muzeyning ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimiga ishga qabul qilinib, 29.12.2017 yildagi K-84-sonli buyrug`iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 04.01.2018 yildan Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan shtatlar soni qisqarganligi munosabati bilan bekor qilingan.

N.A.ning ishga tiklash haqidagi da`vosi FIB Mirobod tumanlararo sudida ko`rilib, ushbu sudning 31.05.2018 yildagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar sudi kassasiya instansiyasining 07.12.2018 yildagi ajrimi bilan N.A.ning da`vo talablari rad etilgan.

Mazkur sud qarorlari Oliy sud fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov hay`atining 27.05.2019 yildagi ajrimi bilan o`zgarishsiz qoldirilgan.

N.A.ning murojaati Bosh prokuraturada ko`rib chiqilib, ushbu holatda N.A. ishdan asossiz ravishda bo`shatilganligi aniqlandi.

Xususan, mehnat shartnomasi bekor qilingan vaqtda N.A. Madaniyat vazirining buyrug`iga ko`ra xizmat safarida bo`lganligi va homilador bo`lganligi hamda boshqa holatlar inobatga olinmasdan Mehnat kodeksining 102 (xodimni ogohlantirish), 137 (homilador ayol bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni cheklash) va boshqa moddalari talablari buzilgan.

Shunga ko`ra, Bosh prokuratura tomonidan yuqoridagi sud qarorlariga nisbatan 11.09.2019 yilda Oliy Rayosatiga protest kiritildi.

Oliy sud sudlov hay`ati tomonidan ish yangidan ko`rib chiqilib, 04.11.2019 yilda N.A.ning da`vo talablari qanoatlantirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1