1

Qirg`izlarning kaltaklanishidan Tashqi ishlar vazirligi norozi

Dunyo 18.12.2019, 15:05
Qirg`izlarning kaltaklanishidan Tashqi ishlar vazirligi norozi

Xabarovskda Qirg`iziston fuqarolarini kaltaklash faktlari bo`yicha Rossiya elchixonasining maslahatchi-elchisi Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda Qirg`iziston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida qirg`izistonliklar tomoni keskin norozilik bildirdi. Tashqi ishlar vazirligining ishonchi komilki, huquq-tartibot idoralarining bunday xatti-harakatlari noqonuniy bo`lgan va senzurasiz so`kinishlar bilan birga, haddan tashqari jismoniy kuch ishlatib, o`z vakolatlarini suist`emol qilgan.

«Qirg`iziston tomoni voqeani har tomonlama va xolisona ko`rib chiqishga va vakolatini suiiste`mol qilganlarga nisbatan qarshi keskin choralar ko`rishga chaqirdi», deyiladi TIV xabarida.

Rossiyaning Qirg`izistondagi elchixonasi vakili bu holat nomaqbulligini aytib, ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilganini va tergov olib borilayotgani xaqida ma`lum qildi. Rossiya diplomati ushbu masala ularning shaxsiy nazorati ostiga olinganiga va Rossiya Federasiyasining vakolatli organlaridan ma`lumot olinishi bilanoq, Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirligiga qo`shimcha ma`lumot berilishini aytdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1