AsosiyJamiyat

Rasman: yana bir kishining jasadi aniqlandi

'Rasman: yana bir kishining jasadi aniqlandi'ning rasmi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`lining yangi qurilayotgan qismida sodir bo`lgan hodisa oqibatida halok bo`lgan yana bir kishining jasadi aniqlandi, deya xabar qildi FVV.

Avval xabar berganimizdek, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`lining yangi qurilayotgan qismida favqulodda holat vujudga kelgan edi. Ayni paytda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan yuzaga kelgan holatni zudlik bilan bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.  

Qidiruv va qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan yana bir kishining jasadi olib chiqildi va uning shaxsi aniqlandi.

1.D.Abdullaev – 1999 yilda tug`ilgan.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o`rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar