Bugungi halokat yuz bergan ob`ektda to`rt kundan buyon ishlayotgan ishchilardan biri Repostga voqea bo`yicha hikoya qilib berdi. Aziz (ism o`zgartirilgan) viloyatdan kelgan:
— Ob`ektda bugun to`rtinchi kun ishlashim. Metro besh oydan beri qurilmoqda. Ishchilar bir necha smenada ishlamoqda. Men o`z viloyatimdagi qurilish kompaniyasida bir yildan ortiqroq muddatda ishlab kelyapman. Aynan shu kompaniya meni metro qurilishiga yuborgan edi. Bu erga ishga kelgan birinchi kunimdayoq orqaga qaytib ketishni xohlaganman. Metro qurilishiga jalb etilgan quruvchilarning bachasi Jomiy aylanmasida joylashgan plastkart vagonlarda yashaydi. Bitta vagonda 50 nafardan ko`proq odam joylashgan. Birinchi kundanoq bizning boshlig`imiz bir necha xodimni dam olgani va chekkani uchun ishdan haydadi. Yashash sharoitlari va bu erdagi muhitni ko`rib o`sha kuniyoq orqaga qaytib ketishni xohlaganman.
15 kun ishlaymiz, 3—4 kun dam olamiz, keyin yana ishga chiqish kerak bo`ladi. Oylik 35 soat uchun to`lanadi. Qo`limizga 1,5 million so`mga yaqin pul olamiz. Nonushtaga ikkita qaynatilgan tuxum, bir nechta bo`lak non va choy berishadi. Tushlikka osh va non, kechki ovqatga makaron va guruch. Men kechki ovqatni emayman, do`kondan u-bu narsa olib eyman. Har kuni soat 6:00 da ‘podyom’. Soat ettida biz ob`ektga borib, tungi smena ishchilari bilan o`rin almashamiz. Boshliqlar qanday topshiriq bersa, hammasini bajaramiz. Bir kunda 10—11 soatlab ishlaymiz. Ishimiz og`ir.
Bugun soat 10:20 da fojia yuz berdi. Men o`sha vaqt yaqin joyda turgandim.
DSP, armaturalarning qarsillagan ovozi eshitildi, og`ir narsa qulagandek bo`ldi. Odamlarning baqirganini eshitdim, lekin kim baqirganini tushunmadim. Hamma metro o`pirilgan joyga yugurdi.
U erda soyabon bor edi. Kuchli yomg`irdan suv to`planib, devorlar ikki tomondan suv bilan yuvilardi. Pastda esa beton quyish uchun mo`ljallangan DSPlarni ushlab turgan taxtalar bor edi. DSP ustida esa armatura to`ri. Odamlar yuqorida ishlayotgan edi, ayrimlar pastdagi soyabon ostida yomg`irdan pana qilib turgan edi. DSP, armatura to`rlari, beton va tuproq odamlar ustiga qulab ketdi. Kabellar uzilib, qurilish materiallarining qarsillagan ovozi eshitildi. Qo`rqib ketdik. Hammamiz haligacha shokdamiz».
Mazkur voqeaga oid daslabki voqealar:
TEZKOR: Yunusobod metro liniyasining qurilishi paytida favqulodda holat yuz berdi;
SSV: Yunusobodda er o`pirilishi vaqtida hech kim jabrlanmagan;
Metro ko`chkisi ostida 20dan ortiq ishchi qolib ketgan. Guvoh ishchilardan biri ukasini qidiryapti (video);
Yunusoboddagi avariya joyidan 3 kishining jasadi chiqdi;
Yunusobod avariyasi: hukumat komissiyasiga jabrlanganlar va ularning oilasiga yordam ko`rsatish yuklandi;
OAV: Yunusoboddagi metro avariyasi joyidan 4 kishining jasadi topildi, hali o`pirilgan joyning to`rtdan bir qismi ham qazib ulgurilmagan;
Rasman: Yunusoboddagi avariya joyida halok bo`lgan ikki kishining shaxsiga aniqlik kiritildi;
Rasman: yana bir kishining jasadi aniqlandi;






