Kecha, 18 dekabr, kuchli yomg`ir natijasida, Yunusobod metrosini kengaytirish uchun qurilish maydonchasining ochiq qismida favqulodda holat (qisman er ko`chishi — qulash) yuz berdi.
Bundan oldin, dastlab, ikki kishining, so`ng yana bir insonning, shuningdek to`rtinchi jasadning ham shaxsiga aniqlik kiritilgan edi.
Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda halok bo`lgan beshinchi fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va uning shaxsi aniqlandi:
1.I.Raxmatov– 1996 yilda tug`ilgan.
Hodisa sabablari va oqibatlarini o`rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.
Hozirda, Hukumat komissiyasi tomonidan halok bo`lgan fuqarolarning yaqinlariga zarur bo`lgan yordamlarni ko`rsatish bo`yicha choralar ko`rilmoqda, deyilmoqda FVV rasmiy xabarida.






