Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB aniq ma`lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko`ra, 17-dekabr kuni taxminan soat 18:00 da Birodarlik va Qo`rg`ontepa ko`chalari kesishmasida asosiy yo`ldan harakatlanib borgan 28 yoshli R.K. boshqaruvidagi Mersedes Bens rusumli avtobus (davlat raqami 01 419 MAA) 23 yoshli Toshkent viloyatida yashovchi D.T. ishonchnoma bo`yicha boshqarib borgan Neksiya-3 rusumli avtomobil (01 E 522 SV) bilan to`qnashgan
YTHning taxminiy sababi: “Neksiya” avtomobili haydovchisi asosiy yo`ldan harakatlanib borgan avtobusni o`tkazib yubormagan.
YTH natijasida engil avtomobil haydovchisi, shuningdek uning yo`lovchisi 19 yoshli X.S. tan jarohatlari olib tibbiyot muassasasiga etkazildilar.
“Hurmatli haydovchilar! Eslatib o`tamiz, avtomobilingizda yo`lovchilar bo`lsa, bu sizdan ma`suliyat va e`tibor yuqori bo`lishini talab qiladi. Transport vositasini boshqarganda ehtiyot bo`lish, tezlikni to`g`ri tanlash kerakligini unutmang!” — deyiladi IIBB rasmiy xabarida.






