1

Zangiota tumani xokimligi mansabdori 120  ming AQSh dollari bilan ushlandi

Jamiyat 19.12.2019, 10:21
Zangiota tumani xokimligi mansabdori 120  ming AQSh dollari bilan ushlandi

Hozirgi kunda qishloq xo`jaligida 20 mln gektardan ortiq, shu jumladan 3,2 mln gektar sug`oriladigan ekin er maydonlaridan foydalanilmoqda. 

Uzoq yillar davomida majburiy paxta va g`alla ekib kelingan er maydonlari tadbirkorlik sub`ektlariga eksportbop bo`lgan meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish va boshqa maqsadlar uchun ajratilmoqda. 

Natijada, er maydonini olib, o`z biznesini boshlagan tadbirkorlar bugun mahsulotlarini nafaqat ichki bozorda, balki xorijiy davlatlarga ham eksport qilishmoqda. 

Biroq, ayrim fuqarolar va “tadbirkorlik sub`ektlari” tomonidan yaratilayotgan shart-sharoiyatlardan to`g`ri foydalanmasdan, er maydonlaridan noqonuniy foydalanish, erlarni o`zboshimchalik bilan egallash va qonunga zid ravishda qurilish qilish holatlariga yo`l qo`yilmoqda. 

Birgina, joriy yilning o`tgan davrida respublika bo`yicha 13 130 ta holatda 1 827 gektar er maydonlari o`zboshimchalik bilan egallanganligi, 8 138 ta holatda 1 082 gektar er maydoniga noqonuniy qurilishlar qilinganligi aniqlangan. 

Misol uchun, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda, 2019 yil 17 dekabr kuni Zangiota tuman hokimligi umumiy bo`lim mudiri A.T. va “M.G.S.” MChJ rahbari M.S. lar o`zaro jinoiy til biriktirib, jamiyatga tegishli bo`lgan Zangiota tumani, “Qatortol” qishlog`i, “Navro`z” massividagi 2,7 gektar er maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravishda, firibgarlik yo`li bilan fuqaro S.X.ga har bir sotixini 4 mingdan jami 120  ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlanishgan. 

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Kelgusida ham yaratilgan imkoniyatlardan to`g`ri foydalanmasdan, er maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish qilish va hamda erlardan qonunga zid foydalanganlik holatlari bo`yicha, qat`iy choralar ko`rilib, jazo muqarrarligi ta`minlanadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1