1

XDP: Fojiada aybdorlar qonun oldida javob berishi shart

Jamiyat 19.12.2019, 10:29
XDP: Fojiada aybdorlar qonun oldida javob berishi shart

Xalq demokratik partiyasi Toshkent metrosining Yunusobod yo`nalishi qurilishi vaqtida er o`pirilishi oqibatida ro`y bergan fojiada halok bo`lgan hamyurtlarimizning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi hamda quyidagi bayonot bilan chiqdi.

Toshkent metrosining Yunusobod yo`nalishi qurilishi vaqtida er o`pirilishi oqibatida ro`y bergan fojia butun jamoatchilikni qattiq larzaga soldi.

Xalq demokratik partiyasi, avvalo, ushbu fojia tufayli halok bo`lgan hamyurtlarimizning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Shuning bilan birga, hukumatdan, mutasaddi vazirlik-idoralar, qurilish va pudratchi tashkilotlar rahbarlaridan ishchi xodimlarning hayoti, qonuniy haq-huquqlarini muhofaza qilish bilan bog`liq o`ta dolzarb masalalarga katta mas`uliyat va chuqur javobgarlik hissi bilan yondashishni talab qiladi.

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida minglab qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda. Achchiq haqiqatni tan olishimiz kerakki, ularning aksariyatida yuz minglab yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlar norasmiy yollanma ishchi sifatida haqsiz, huquqsiz mehnat qilmoqdalar.

Xalq demokratik partiyasi barcha qurilish va boshqa xavfli sharoitlarda ishlayotgan vatandoshlarimizning mehnat xavfsizligi to`liq ta`minlanishini mutasaddi tashkilotlardan talab qiladi.

Fojiaga sabab bo`lgan holatlar tahlili bo`yicha aybdorlar qonun oldida javob berishi shart.

Hammamiz kecha yuz bergan fojiadan saboq chiqarishimiz, ishchi xodimlarning hayoti, xavfsizligi, haq-huquqlarini qat`iy himoya qilishimiz zarur.

Xalq demokratik partiyasi

Markaziy Kengashi Axborot xizmati

Eslatib o`tamiz, kecha, 18 dekabr, kuchli yomg`ir natijasida, Yunusobod metrosini kengaytirish uchun qurilish maydonchasining ochiq qismida favqulodda holat (qisman er ko`chishi — qulash) yuz berdi.

Bundan oldin, dastlab, ikki kishining, so`ng yana bir insonning, keyin to`rtinchi hamda beshinchi jasadning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o`rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1