1

Farg`onalik ayol “kuyov chaqirdi”ga hozirlik ko`rayotganda eri tomonidan pichoqlandi

Jamiyat 19.12.2019, 10:39
Farg`onalik ayol “kuyov chaqirdi”ga hozirlik ko`rayotganda eri tomonidan pichoqlandi

Farg`ona tumanida yashovchi G`.M. 2019 yil 13 iyul kuni taxminan soat 19:00 da o`zining yashash xonadoni oshxonasida, “kuyov chaqirdi” marosimiga tayyorgarlik ko`rib, sabzi archib turgan vaqtida, turmush o`rtog`i M.M. oshxonaga telefonda gaplashib kirib keladi.

Er-xotin oilaviy kelishmovchilik sababli tortishib qolishadi, er ayoli unga gap qaytarib baqirganidan jahli chiqib, qo`lida foydalanib turgan yog`och dastali, 22 sm uzunlikdagi o`tkir tig`li ro`zg`or pichog`ini turmush o`rtog`i M.M.ga qaratib otgan. Natijada pichoq fuqaro xotinining bo`yin orqa chap sohasiga tegib, sanchilib tan jaroxati etkazgan. Natijada ayol olgan tan jarohatlari yuzasidan shifoxonaga yotqizilgan.

Fuqaro M.G`.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK 104-moddasining 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda jinoiy ish mazmunan ko`rib chiqishlik uchun JIB Farg`ona tuman sudiga yuborildi, deya ma`lum qildi Farg`ona viloyati IIB.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1