1

UzAuto Motors Xorazm viloyati filialida 200 000 dona avtomobil ishlab chiqarilishiga erishildi

Jamiyat 19.12.2019, 11:21
UzAuto Motors Xorazm viloyati filialida 200 000 dona avtomobil ishlab chiqarilishiga erishildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 noyabrdagi «2013-2015 yillarda Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to`g`risida»gi qarori va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 fevraldagi «Xorazm viloyatida «Damas» rusumli engil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish chora tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq Pitnak shahrida “Damas” rusumli engil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi tasdiqlandi. 

Ushbu loyihaga asosan quruvchilar va soha mutaxassislarining tinimsiz va mashaqqatli mehnatlari evaziga juda qisqa vaqt ichida, ya`ni 2014 yil 6 yanvar kuni Pitnak zavodida birinchi “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan edi. 

5 yildan ortiq vaqt o`tib “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialida 200 000-avtomobil ishlab chiqarildi, deb yozadi "Xazoraspnoma" nashri. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1