1

Farg`ona hokimi nega javobgarlikka tortilmayotganiga Svetlana Ortiqova javob berdi (video)

Jamiyat 19.12.2019, 11:38
Teglar: Shuhrat G`aniev, Svetlana Ortiqova, javobgarlik
Farg`ona hokimi nega javobgarlikka tortilmayotganiga Svetlana Ortiqova javob berdi (video)

Bosh prokuror o`rinbosari Svetlana Ortiqova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev bilan bog`liq so`nggi xabarlarga munosabat bildirdi.

«U javobgarliksiz qolayotganidan Bosh prokuraturaning xabari bor. Farg`ona viloyat hokimining xatti-harakatlari, so`zlari ustida o`zining munosabatini bildiryapti. Agar rasmiy saytimizga kirsangiz, bu haqda bayonotlar ham berilgan. Hattoki, senatorlik paytimda shu viloyat hokimining ishini «Senatning reglament va odob komissiyasida muhokama qilganmiz, kechirim ham so`raganlar, uch oy muhlat ham berilgan.

O`ylaymanki, Bosh prokuratura agarda [hokim] qonun doirasidan chetga chiqqan bo`lsa, u kim bo`lishidan qat`i nazar o`z munosabatini bildiradi, surishtiruv olib boriladi. Agarda qonunni chetlab o`tgan bo`lsa, qonun oldida albatta javob beradi.

Shaxsiy munosabatimga keladigan bo`lsak, har bir inson avvalambor o`zini hurmat qilish kerak. O`zini hurmat qilsa, o`zini tarbiyali deb hisoblasa, unda boshqa odamga, yoki vaziyatga, yoki qonunga va jamiyatga qarata salbiy fikrlarni aytmaydi. O`ylaymanki, bu masalaga hali qaytamiz. Senat ham bunga o`zining munosabatini bildirishi kerak. Kim bo`lishidan qat`i nazar Konstitusiya oldida, qonun oldida javob berishi kerak», deydi Bosh prokuror o`rinbosari.

Joriy yilning sentyabr oyida Shuhrat G`aniev Farg`ona viloyatida ayollarning ro`mol o`rashiga qarshi kampaniya e`lon qilgani aks etgan audio tarqalgach, hokim Senatning Reglament va odob komissiyasi yig`ilishida uzr so`ragan, unga qattiq ogohlantirish va 3 oy sinov muddati berilgan edi.

14 dekabr kuni Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqaldi. Unga ko`ra, G`aniev 2 dekabr kuni o`tkazilgan selektor yig`ilishida Quvada gaz yo`qligiga norozilik bildirib, avtomobil yo`lini to`sish voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qo`ygan shaxsning «janozasi o`qilmagani» uchun Quva tumani hokimini tergagan.

Keyinroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev prokuraturadan Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev bilan bog`liq navbatdagi shov-shuvli holatga huquqiy baho berishni so`radi.

Hozircha bu hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmadi.

Sharhlar

Shavkat Mirziyoev: «Eplay olmasa, G`anievni ishdan olaman»

22.01.2021, 21:41

Avval xabar qilganimizdek, bugun davlat rahbari 22 yanvar kuni Buxoro viloyati xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi. Viloyat hokimi tasdiqlangan bu tadbirda Buxoro viloyati...
Shuhrat G`aniev koronavirus yuqtirib olgani aytilmoqda

12.10.2020, 20:53

Farg`ona viloyatining sobiq hokimi, yaqinda bosh vazir o`rinbosari lavozimida ish boshlagan Shuhrat G`aniev koronavirus yuqtirib olgani aytilmoqda. Bu haqda "xabar.uz" ma`lum qilmoqda.Unga ko`ra, Sh. G`aniev...
Bosh prokuratura Farg`ona viloyati xokimi bo`yicha surishtiruv boshladi

19.12.2019, 11:58

Bosh prokuratura tomonidan Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 14 dekabr kuni Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievga mansubligi ta`kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qaerda...
Shuhrat G`aniev: “Otamning hayotini o`zimga ideal qilib olganman”

17.12.2019, 08:41

Avval xabar berganimizdek, kecha Farg`ona viloyati hokimi Sh. G`aniev bilan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Mazkur uchrashuvda Shuhrat G`aniev bolaligi hamda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1