1

Metro qurilishi fojiasida barcha halok bo`lganlar bo`yicha to`liq ma`lumot berildi

Jamiyat 19.12.2019, 12:55
Metro qurilishi fojiasida barcha halok bo`lganlar bo`yicha to`liq ma`lumot berildi

Avval xabar qilinganidek, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`lining yangi qurilayotgan qismida favqulodda vaziyat vujudga kelgan edi. 

Ushbu fojiada halok bo`lganlar bo`yicha FVV to`liq ma`lumot berdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq sodir bo`lgan hodisa sabablari va oqibatlarini joyida o`rganish, zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a`zolariga yordam ko`rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida kecha va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi:

1.1989 yilda tug`ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog`ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullaev Oybek To`ra o`g`li;

2.1989 yilda tug`ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog`ida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom o`g`li;

3.1999 yilda tug`ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog`ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullaev Davronbek Botirovich;

4.1986 yilda tug`ilgan, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog` tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;

5.1996 yilda tug`ilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qishlog`ida istiqomat qilgan fuqaro Raxmatov Ixtiyor Amriddin o`g`li.

6.1981 yilda tug`ilgan, Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif To`lqinovichdir.

Hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila a`zolariga barcha zarur moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish choralari ko`rilmoqda.

Vazirlik rahbariyati va barcha shaxsiy tarkibi nomidan hodisa oqibatida qurbon bo`lgan fuqarolarning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1