1983 yil 19 dekabr kuni kechqurun Rio-de-Janeyroning markazida sport olamida “asr o`g`irligi” deb nomlangan jinoyat sodir etildi. Braziliya futbol konfederasiyasi qarorgohining baland binosidan Nikining oltin haykalchasi o`g`irlangan.
1970 yilda Braziliya terma jamoasi uchinchi marotaba dunyoning eng kuchli unvonini qo`lga kiritgandan so`ng, Xalqaro Futbol Uyushmalari Federasiyasi ularga abadiy Oltin haykalcha berdi. Nikining o`rniga yangi futbol kubogi – FIFA Jahon kubogi tashkil etildi.
Braziliyaliklar o`g`rilikni milliy sharmandalik va fojia sifatida qabul qilishdi. Tergov ishiga mamlakatning eng yaxshi tergovchilari jalb qilindi. Jinoyatchilar izidan o`tish uchun to`rt yildan ko`proq vaqt kerak bo`ldi.
Guruh o`sha paytga qadar 1,8 kg. og`irlikdagi o`ttiz santimetrlik zarif haykalchani bir nechta oltin panjaralarga aylantirgan. Jinoyatchilar ichida bir bankir ham bo`lgan.






