O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Yunusobodda yuz bergan fojia yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
2019 yil 18 dekabr kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Axmad Donish ko`chasidagi “Mega Rlanet” savdo markazi qarama-qarshi tomonida “Toshkent metropoliteni qurilish direksiyasi” buyurtmasi asosida barpo etilayotgan “Yunusobod” bekati 2-vestibyul kurilish ob`ektining o`ng tomon xandaq (katlovani) qiyalik devori (otkos)ga o`rnatilgan temir-beton mustahkamlash konstruksiyasi yomg`ir suvlari sizishi va avtomobillar qatnovidan hosil bo`lgan tebranish natijasida er o`pirilib, tuproq va temir-beton konstruksiyasi qulab tushgan.
Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 18 dekabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi va 258-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda tozalash, qidiruv va qutqaruv tadbirlari davom etmoqda.
Bosh prokuratura mazkur xodisa oqibatida jabr ko`rganlarning oila-a`zolariga o`z hamdardligini bildiradi.
Eslatib o`tamiz, hukumat farmoyishi (1058-F, 18.12.2019 y.) bilan Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`nalishining qurilayotgan qismida sodir bo`lgan hodisa sabablari va oqibatlarini o`rganish va uni zudlik bilan bartaraf qilish bo`yicha Hukumat komissiyasi topshirig`iga asosan har bir oilaga 100 million so`mdan mablag` puli ajratildi va topshirildi.
Shuningdek, qurbonlarning oilalari uchun motam tadbirlari va dafn marosimlarini tashkil etishda har tomonlama yordam ko`rsatish topshirildi.






