AsosiyJamiyat

2020 yildan jamoat transporti avtomatlashtirilgan tizimga o`tadi

'2020 yildan jamoat transporti avtomatlashtirilgan tizimga o`tadi'ning rasmi

2020 yil 1 yanvardan Toshkent shahridagi umumiy foydalaniladigan transportda yo`lovchi tashishda yo`l haqini to`lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.

Mazkur tadbir bosqichma bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

2019 yil dekabr oyi oxirida metropoliten kassalari va “Toshshahartransxizmat” AJ savdo shoxobchalarida hamda Aloqabank filiallarida transport kartalari sotilishi boshlanadi.

Yangi to`lov tizim yo`lga qo`yish bo`yicha Shveysariyaning BPC billet group kompaniyasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Ayni paytda ushbu kompaniyaning Rossiyadagi filiali mutaxassislari “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylarining haydovchi va chiptachilari hamda g`aznachilariga o`quv-mashg`ulotlarini o`tkazmoqda. Ularda ishtirokchilarga elektron to`lov amaliyoti, jamoat transportiga validatorni qanday o`rnatish va ulardan foydalanish tartib-qoidalari, yangi yo`l kartalarining afzalligi va boshqa mavzuga oid ko`nikmalar o`rgatilmoqda.

Ta`kidlash joiz, birinchi bosqichda Toshkent shahrida harakatlanayotgan 200 ta avtobusga stasionar validatorlar o`rnatiladi. Qolganlarida esa chiptachilar qo`lida mobil validator bo`ladi.

Ushbu tizim doirasida jamoat transporti uchun yagona transport kartalari, to`lovni amalga oshirish imkonini beradigan mobil ilova xamda bir martalik QR chiptalar joriy etiladi. Mazkur kartalarni savdo nuqtalari, metropoliten, avtovokzal, temir yo`l kassalari va aeroportlardan sotib olish mumkin bo`ladi.

Shuningdek, mazkur tizimda yo`l xaqi uchun to`lovlarni kontaktsiz bank kartalari (Xumo, Uzkart, Masterkard, Vizakart va boshqalar) orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Yagona transport kartalarini bank plastik kartalaridagi mablag`lar, bankomatlar, kiosklar, to`ldirish terminallari hamda mobil ilovalar orqali to`ldirish mumkin bo`ladi.

Kutilayotgan natijalar yo`l xaqi to`lovlari yig`imi 15-25 foizga ko`payadi;

tashuvchi korxonalarning daromadlari oshishi orqali harakat tarkibini tizimli yangilashga sharoit yaratiladi;

yo`nalish tizimlarini maqbullashtirish va samarali rejalashtirish uchun texnologik asoslar yaratiladi.

Hozirda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo`lovchi tashishda yo`lkira haqini to`lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to`g`risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar