AsosiyJamiyat

Moskvaga olib ketilayotgan tarixiy tangalar to`xtatib qolindi

'Moskvaga olib ketilayotgan tarixiy tangalar to`xtatib qolindi'ning rasmi

Ma`lumki, milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-ma`rifiy, ma`naviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatga molik ko`char ashyolar, moddiy buyumlar madaniy boyliklar sanalib, amaldagi tartibga ko`ra, ularning O`zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi taqiqlanadi.

Shunga qaramay mavjud tartib-qoidalarga rioya etishni xohlamaydiganlar ham uchrab turadi. Xususan, yaqinda bojxona xodimlari tomonidan ayni shunday urinishning oldi olindi. Bu haqda "Qashqadaryo" gazetasi rasmiy sayti xabar berdi.

Qarshi xalqaro aeroportidan Qarshi-Moskva yo`nalishi bo`yicha uchib ketmoqchi bo`lgan fuqaro Sh.Z.ning xatti-harakatlari shubha ostiga olinib, unga tegishli qo`l yuklari rentgen apparati yordamida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazilganda, 5 dona tarixiy ahamiyatga ega tanga noqonuniy ravishda olib ketilayotgani ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar