AsosiyJamiyat

Rossiya Federasiyasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar IIBB faoliyati bilan tanishdi

'Rossiya Federasiyasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar IIBB faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Milliy gvardiya qo`shinlari federal xizmati direktori o`rinbosari – Rossiya Federasiyasi milliy gvardiya qo`shinlari bosh qo`mondoni general-polkovnik Oleg Borukaev boshchiligidagi Rossgvardiya delegasiyasi Toshkent shahar IIBB ichki ishlar bo`limlaridan biriga tashrif buyurdi.

Mehmonlarga “Xavfsiz poytaxt” Konsepsiyasi doirasida ichki ishlar organlari va O`zbekiston Milliy gvardiyasining hamkorligi, ushbu Konsepsiya doirasida sutkalik patrullash joriy qilinganligi haqida gapirib berildi. Hamkorlikdagi patrullash shahardagi jinoyatchilikni darajasi pasayishiga, jinoyatchilikni erta oldini olish bo`yicha choralar samarasining oshishiga sabab bo`lganligi alohida qayd etildi. Xizmat uchun patrullarga ajratib berilgan zamonaviy texnika va avtotransport vositalari Rossgvardiya delegasiyasining qiziqishini uyg`otdi. 

Shuningdek mehmonlarga Toshkent shahar IIBB tizimidagi islohotlar haqida ma`lumot berilib, favqulodda xizmat, xususan, “tez yordam”, yong`in xavfsizligi xizmati hamda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuman ichki ishlar bo`limi bazasidagi dislokasiya modeli bilan tanishtirildi. Rossgvardiya vakillari tuman ichki ishlar bo`limida tashkil etilgan sharoitlarga, ilg`or axborot-kommunikasion texnologiyalardan foydalanish tizimiga yuqori baho berishdi.

 

    Boshqa yangiliklar